Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi talabalar turar joyining 3-qavatidan tushib ketdi

O‘zbekiston 13:46 / 16.12.2024 36767

Kun.uz manbasiga ko‘ra voqea 12 dekabr kuni soat 22:00 lar atrofida institutga qarashli 3-sonli talabalar turar joyida sodir bo‘lgan. O‘zini pastga tashlagan talaba qiz institutning jismoniy madaniyat fakulteti xotin-qizlar sporti yo‘nalishining 2-bosqich talabasi bo‘lgan. Bunga talabaning xonadosh dugonalari bilan o‘zaro kelishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidagi manbaning aytishicha, qizning o‘z joniga qasd qilishiga urinishi uning oiladagi kelishmovchiliklari bilan bog‘liq.

Baxtsiz hodisadan so‘ng talaba zudlik bilan Qo‘qon shahar tez tibbiy yordam bo‘limga olib borilgan. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.

Ushbu holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalar yotoqxonasidagi qizlar xonasiga yashirin kamera o‘rnatgani ortidan jamoatchilik e’tiboriga tushgandi.

O‘shanda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.B. MJtKning 46-1-moddasida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, 4,5 mln so‘m miqdorda, institutning ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari A.M., B.O. va bo‘lim boshlig‘i R.M. ham ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilib, 3 mln so‘m (har biri) jarima jazosiga tortilgandi

Ko‘proq yangiliklar: