Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
Yuk avtomobillari va avtobuslar A-376 yo‘liga yo‘naltirilmoqda. Ular bu yo‘l orqali dovonni aylanib o‘tib, G‘allaorol tumanida yana M-39 yo‘liga qo‘shiladi.

Foto: Videodan kadr
M-39 Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyatidagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari va yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar harakati vaqtincha cheklandi.
Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, Jizzaxdagi dovondan o‘tgan yo‘lda muzlama hosil bo‘lgan.
Shu sababli mazkur yo‘lda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuk mashinalari va yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar harakati vaqtincha cheklangan.
Qayd etilishicha, yuk avtomobillari va avtobuslar A-376 yo‘liga yo‘naltirilmoqda. Ular bu yo‘l orqali dovonni aylanib o‘tib, G‘allaorol tumanida yana M-39 yo‘liga qo‘shiladi.
Mavzuga oid

09:51 / 09.03.2025
Uchta viloyatda “valyutchiklar” ushlandi

10:15 / 04.03.2025
O‘zgalar nomiga akkaunt ochib, ularning tanishidan pul undirgan talaba ushlandi

14:54 / 23.02.2025
Uchta hududda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi

00:21 / 20.02.2025