Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari boj va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi
2025 yil 1 yanvardan, qishloq xo‘jaligi texnikalari yetkazib berishda amaldagi qonunchilikka muvofiq qo‘llaniladigan imtiyozlar faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar va dilerlar orqali muomalaga chiqariladigan texnikaga nisbatan tatbiq etiladi.

«Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan, qishloq xo‘jaligi texnikalari yetkazib berishda amaldagi qonunchilikka muvofiq qo‘llaniladigan imtiyozlar (subsidiya, soliq va bojxona imtiyozlari va moliyaviy yordamlar) faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar va dilerlar orqali muomalaga chiqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikalariga nisbatan tatbiq etiladi.
2027 yil 1 yanvargacha quyidagilar bojxona bojidan va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi:
- belgilangan talablarga javob beradigan paxta terish kombaynlari, o‘ziyurar ozuqa yig‘uvchi va bog‘dorchilik kombaynlari, ko‘chat ko‘mish va ochish texnikalari;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilar va dilerlik xizmati tomonidan xorijdan olib kelinadigan yangi paxta terish kombaynlari, o‘ziyurar ozuqa yig‘uvchi va bog‘dorchilik kombaynlari, ko‘chat ko‘mish va ochish texnikalari.
- 2025 yil 1 martdan imtiyozlardan foydalangan holda xarid qilingan, shu jumladan, respublikada ishlab chiqarilgan va import qilingan yangi traktorlar va kombaynlarni GPS qurilmasini o‘rnatmagan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
- 2028 yil 1 yanvardan asosiy paxta va g‘alla hosili uchun paxta chigiti va bug‘doyni ekishda aniq donalab ekmaydigan seyalkalardan foydalanish taqiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qimmatli qog‘ozlar bozorida qonunbuzilishlar uchun sanksiyalar qo‘llanadi
Iqtisodiyot | 08:00
-
AQSh Rossiya rejalariga javoban Oyda AESni ishga tushirishni tezlashtirishi mumkin
Jahon | 07:58
-
Raqamli kriminalistika sohasidagi mutaxassislar yagona reyestri tuziladi
O‘zbekiston | 07:56
-
Rossiya sudi "Rayffayzenbank" aktivlarini muzlatish qarorini bekor qildi
Jahon | 07:51
Mavzuga oid

07:37 / 25.07.2025
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash tartibi ishlab chiqildi

07:48 / 16.07.2025
Xitoy Trampning Rossiya hamkorlariga bojlar joriy etish rejasiga qarshi chiqdi

15:16 / 15.07.2025
YeI AQShga qarshi 72 mlrd yevrolik javob bojlarini tayyorladi

13:00 / 15.07.2025