«Afrosiyob» elektropoyezdlari yo‘lovchi jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi

Jamiyat 18:14 / 14.12.2024 2054

15 dekabrdan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari yo‘lovchi jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar beradi «Temiryo‘lekspress» AJ matbuot xizmati.

Poyezdlar harakat jadvali quyidagicha bo‘ladi:

  • 778-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi

Toshkent 6:03 — Buxoro 10:14

  • 777-sonli Buxoro — Toshkent yo‘nalishi

Buxoro 17:55 — Toshkent 22:08

  • 774-sonli Toshkent — Shahrisabz yo‘nalishi

Toshkent 06:30 — Shahrisabz 11:14

  • 773-sonli Shahrisabz — Toshkent yo‘nalishi

Shahrisabz 16:24 — Toshkent 21:10

  • 764-sonli Toshkent — Qarshi yo‘nalishi

Toshkent 06:30 — Qarshi 10:09

  • 763-sonli Qarshi —Toshkent yo‘nalishi

Qarshi 17:29 — Toshkent 21:10

  • 766-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi

Toshkent 07:21 — Samarqand 09:51

  • 765-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi

Samarqand 17:35 — Toshkent 20:08

  • 768-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi

Toshkent 08:04 — Buxoro 12:15

  • 767-sonli Buxoro — Toshkent yo‘nalishi

Buxoro 16:17 — Toshkent 20:31

  • 770-sonli Toshkent — Buxoro

Toshkent 08:29 — Buxoro 12:46

  • 769-sonli Buxoro — Toshkent yo‘nalishi

Buxoro 14:58 — Toshkent 19:17

  • 772-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi

Buxoro 19:41 — Toshkent 00:03

  • 771-sonli Buxoro — Toshkent yo‘nalishi

Buxoro 03:15 — Toshkent 07:35

  • 775-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi

Toshkent 10:55 — Samarqand 13:15

  • 776-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi

Samarqand 13:56 — Toshkent 16:14

«Hurmatli yo‘lovchilar, chiptangizda belgilangan vaqtga qarab vokzalga yetib kelishingizni so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda.

Avvalroq «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ tomonidan respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar e’lon qilingandi. Ammo chiptalar sotiladigan elektron platformada Toshkent — Urganch, Toshkent — Buxoro, Toshkent — Nukus yo‘nalishlarida 23–31 dekabr sanalaridagi barcha chiptalar allaqachon qolmagani ma’lum bo‘lgan edi. Boshqa yo‘nalishlarda esa sanoqli chiptalar qolgan. Kun.uz muxbiri holatni o‘rganish va talabalar fikrini eshitish uchun poytaxtdagi temiryo‘l kassalaridan birida bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: