Mars Kazakhstan kompaniyasi sizga shunday zavqni bera oladigan yangi TWIX® Crispy Rolls'ni taqdim etadi. Bu vaflilar kategoriyasida yangi lazzat hisoblanib, Markaziy Osiyo hamda Qozog‘istonda eng ko‘p ommalashayotgan mahsulotdir.
TWIX® Crispy Rolls bu – tanish TWIX® ta’mi va yangi qarsildoq vaflining mukammal uyg‘unligidir. Og‘izda eriydigan shokolad, yumshoq karamel va qisirlagan vafli biskvit noyob ta’m va unutilmas gastronomik his-tuyg‘ularni yaratadi. Yangi mahsulot o‘z sevimli ta’mlariga sodiq qolgan holda yangilik istovchilar uchun ajoyib tanlovdir. Chunki TWIX® Crispy Rolls bilan birga boshqa afsonaviy mahsulotlar – Milky Way® va Bounty® ham yangilangan formatda taqdim etilmoqda. Unda siz qadrdon shirinliklarni yangicha mazada his qilasiz.
Zamonaviy iste’molchilar yengil va nozik desertlarni afzal ko‘rayotgan bir paytda ta’m va tarkib muhim ahamiyat kasb etadi. Mars kompaniyasi o‘zining ko‘p yillik tajribasi bilan zamonaviy iste’molchilarning ehtiyojlarini tushunish va qondirish borasidagi mahoratini yana bir bor namoyon etmoqda. TWIX® Crispy Rolls vafli shokoladi yengilligini boy ta’mli his-tuyg‘ular bilan uyg‘unlashtirib, zavq va muvozanat o‘rtasidagi mukammal uyg‘unlikni taqdim etadi.
“Mars kompaniyasi doim eng nozik ta’mlarga javob beradigan mahsulotlar yaratishga intiladi. Yangi Crispy Rolls shirinligi – yengil va mazali desertlar qidirayotganlar uchun eng yaxshi yechimdir. Yangi retseptura tufayli biz TWIX® Crispy Rolls'ga qarsildoq va yangi lazzatni qo‘shib, TWIX®'ning betakror ta’mini saqlab qoldik. Bizning yangi mahsulotimiz – o‘zlari sevib tanovul qiladigan yeguliklarga e’tibor beradigan, hayotning kichik xursandchiliklaridan voz kechishni istamaydiganlar uchun ajoyib tanlovdir”, - deydi Mars’ning strategik talab va takliflar bo‘yicha direktori Pyotr Kaznovski.
Yangi formatdagi TWIX® Crispy Rolls nafaqat yangi ta’m bilan xursand qiladi, balki zamonaviy iste’molchilar ehtiyojlariga ham mos keladi – yengillik, muvozanat va unutilmas lazzat. U har qanday vaqtda tanovul qilish uchun mos bo‘lib, ish vaqtidagi qisqa tanaffusdan to do‘stlar bilan hordiq chiqarishgacha har qanday holatda zavq bag‘ishlaydi.
Reklama huquqi asosida