Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurolli guruhlar Suriya shimolida kurdlarga qarshi janglar olib bormoqda
Suriya milliy armiyasi qurolli kuchlari kurdlar nazoratidagi Manbij shahri uchun shiddatli janglarni olib bormoqda.

Foto: Mutez Muhammed/Anadolu/picture alliance
Kurd qurolli kuchlari bir necha kundirki, Suriya shimolidagi Manbij shahri hududida Suriya milliy armiyasi (SNA)ga tegishli qurolli guruhlarning yirik hujumlarini qaytarishda davom etmoqda. Suriya Inson huquqlari observatoriyasi (SOHR) ma’lumotlariga ko‘ra, 8 dekabr, yakshanba holatiga ko‘ra, Anqara tomonidan qo‘llab-quvvatlangan «Ozodlik tongi» operatsiyasida ishtirok etgan kuchlar aholi punktining bir necha mavzelarini egallab olgan.
Jangarilarning o‘zi Manbij ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilganini e’lon qilgan. O‘z navbatida, Manbij harbiy kengashi – kurdlar boshchiligidagi Suriya demokratik kuchlari (SDF)ning harbiylashtirilgan kuchlari bu da’volarni yolg‘on deb atadi. «Bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — deya ta’kidladi Harbiy kengash matbuot markazi.
SOHR ma’lumotlariga ko‘ra, aholi punkti uchun olib borilgan shiddatli janglar natijasida 26 kishi: Harbiy kengashning 17 a’zosi va turkparast kuchlarning 9 nafar jangchisi halok bo‘lgan. Jangovar sharoitlarda halok bo‘lganlar soni haqidagi ma’lumotni tekshirishning iloji yo‘q.
Suriyada isyonchilar hokimiyatni egallab oldi
Qurolli guruhlar noyabr oyi oxirida Suriya prezidenti Bashar Asad hukumat kuchlariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshladi. Bir necha kun ichida ular bir qancha yirik shaharlarni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lishdi. 8 dekabr kuni Suriya isyonchilari davlat televideniyesi orqali poytaxt Damashqqa kirib, Bashar Asad rejimini ag‘darganliklarini e’lon qildi. Damashqqa yurish bilan bir vaqtda isyonchilar ittifoqi mamlakatning shimoli va shimoli-sharqiga yo‘l oldi.
Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Asad «prezidentlik lavozimini tark etishga qaror qilgan» va Suriyani tark etgan. TASS agentligi o‘z manbalariga tayanib, u oilasi bilan Moskvada ekanini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyalik ovchi Surxondaryoda noyob morxo‘rni ovlash uchun 100 ming dollar to‘lagani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 19:02
-
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 18:45
-
Patrul-post xizmatining shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:22
-
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi
Jamiyat | 17:30
Mavzuga oid

13:12 / 28.07.2025
Suriyada Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin birinchi saylovlar o‘tkaziladi

18:52 / 23.07.2025
Suriya Turkiyadan mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘radi

09:09 / 23.07.2025
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi

14:30 / 19.07.2025