Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
Siyosiy mahbuslarning ismlari bundan oldingi afv etilganlarniki kabi oshkor qilinmadi. Ta’kidlanishicha, ularning barchasi «qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, kechirim so‘ragan».

Foto: Getty Images
Aleksandr Lukashenko Belarusda «ekstremizm» moddasi bo‘yicha qamalgan 29 mahbusni afv etdi. Bu haqda «BelTA» davlat agentligi xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, afv etilganlarning 11 nafari ayollar, 18 nafari esa erkaklardir. Ularning olti nafari 25 yoshdan kichik, uch nafari — pensioner, ikki nafari — nogironligi bor shaxs, 15 nafarining esa surunkali kasalligi mavjud.
Ta’kidlanishicha, afv etilganlarning barchasi «qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, kechirim so‘ragan».
Siyosiy mahbuslarning ismlari bundan oldingi afv etilganlarniki kabi oshkor qilinmadi.
So‘nggi oylarda Belarusda bir necha bor siyosiy mahbuslar ozod etildi. Xususan, 16 avgust kuni Lukashenko 30 nafar mahbusni afv etgan bo‘lsa, 4 sentabrda — 30 kishi, 16 sentabrda — 37 mahbus, noyabr boshlarida — 31 kishi, noyabr oxirlarida esa 32 mahbus ozodlikka chiqdi. Lukashenkoning matbuot xizmati yuqoridagi barcha holatlarda afv etilganlar ismini oshkor etmadi.
Oktyabr oxirlarida Aleksandr Lukashenko belaruslik faol Mariya Kolesnikova afv etish haqida murojaat qilsa, uni afv etish masalasini ko‘rib chiqishga qarshi emasligini aytgandi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Sanksiyalar ostidagi Valentina Matviyenko Shveytsariyadagi sammitga borib, urushni oqlab chiqish qildi
Jahon | 13:56
-
Qirg‘izistonda xalqaro internet-trafikka monopoliya joriy etilyapti
Jahon | 13:53
-
Toshkentda AYoQSh sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargani aniqlandi
Jamiyat | 13:51
Mavzuga oid

07:53 / 28.07.2025
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi

17:49 / 26.07.2025
Belarus kiberfiribgarlari pullarning bir qismini O‘zbekistonga yuborgani ma’lum bo‘ldi

09:08 / 24.07.2025
O‘zbekiston energetika sohasiga mikroinvestitsiyalar jalb qilinadi

11:10 / 23.07.2025