Kiyev tinchlik kelishuviga tayyorligini e’lon qilishi mumkin. O‘t ochish to‘xtatilgach, Germaniya, Fransiya va Britaniya tinchlikparvar kuchlari otashkesim kelishuvining ijrosini nazorat qilish uchun Ukrainaga jo‘natilishi ehtimollari ko‘rib chiqilmoqda.
Suriyada isyonchilar Damashq tomon ilgarilamoqda. Fransiyada hukumat iste’foga chiqdi. Koreya prezidentlari – “o‘z repertuarida”.
Kun.uz yakunlanayotgan hafta global maydonda sodir bo‘lgan muhim siyosiy voqealarni tahlilchilar Kamoliddin Rabbimov, Fazliddin Madiyev, Shavkat Ikromov va Bektosh Berdiyev bilan jonli efirdagi "Geosiyosat" dasturida muhokama qildi.