Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt yo‘l chetidagi temir ustunga borib urildi

O‘zbekiston 14:12 / 07.12.2024 3642

Joriy yilning 6 dekabr kuni soat 21:30 larda Yashnobod tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan haydovchi K.K. Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: