Putin 19 dekabr kuni «To‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya»ni o‘tkazadi

Jahon 22:27 / 07.12.2024 7977

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan «To‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya» 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi, savollar 8 dekabrdan boshlab qabul qilinadi, deb xabar berdi Kreml.

«19 dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 da «Vladimir Putin bilan yil yakunlari» ko‘rsatuvi efirga uzatiladi», deyiladi xabarda.

Putin jonli efirda o‘tayotgan yil yakunlarini sarhisob qiladi, jurnalistlar va mamlakat aholisining savollariga javob beradi.

Savollarni veb-sayt, maxsus ilova, «VKontakte» va «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqlari, telefon raqami orqali, shuningdek, SMS va MMS xabarlari ko‘rinishida yuborish mumkin.

Putin 2001 yildan beri yirik matbuot anjumanlarini o‘tkazib kelmoqda. Istisno Ukranadagi urush boshlangan 2022 yil edi — shunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya ham, katta matbuot anjumani ham o‘tkazilmadi.

2020 yilda yirik matbuot anjumani va to‘g‘ridan-to‘g‘ri liniyaning birlashtirilgan formati 4 soat 29 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida Putin 68 ta savolga javob berdi - jurnalistlarning ham, oddiy rossiyaliklarning ham.

Ko‘proq yangiliklar: