Markaziy Osiyo aholisi soni 80 milliondan oshdi
O‘zbekiston mintaqada eng ko‘p va eng zich joylashgan aholiga ega davlat bo‘lib turibdi.

Foto: Sputnik/Ramiz Baxtiyarov
2024 yil dekabriga kelib Markaziy Osiyo aholisi 80 million kishidan oshdi. So‘nggi 24 yil ichida hududda aholi soni qariyb 1,5 barobar ko‘paydi. Bunday ma’lumotlar Yevroosiyo taraqqiyot bankining (YeOTB) makroiqtisodiy prognozida keltirilgan.
Qayd qilinishicha, mintaqa aholisi har yili o‘rtacha 1 million kishiga ko‘payib, barqaror demografik o‘sish davom etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston va O‘zbekiston demografik o‘sish bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda. Tojikistonda aholi soni joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 10 million kishini tashkil etdi, bu 1991 yilga nisbatan 80 foizga ko‘pdir. O‘zbekistonda aholi sonining yillik o‘sishi 1,1-1,2 foizga teng. Mamlakatda 36,7 milliondan ortiq aholi itsiqomat qiladi. Bu hududdagi aholi eng zich joylashgan mamlakat bo‘lib qolmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari aholisi soni (mln kishi):
36,7 – O‘zbekiston;
20,0 – Qozog‘iston;
10,0 – Tojikiston;
7,1 – Qirg‘iziston;
7,0 – Turkmaniston.
Markaziy Osiyo aholisining o‘rtacha yoshi taxminan 26,2 yoshni tashkil etadi, bu esa yoshlarning ustunligini ko‘rsatadi.
Aholining tez o‘sishi Markaziy Osiyo davlatlari oldiga barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, ish o‘rinlarini yaratish va hayot sifatini yaxshilash kabi vazifalarni qo‘yadi.
Mavzuga oid

21:00 / 07.03.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida erkin savdo rejimi amal qila boshladi

18:12 / 07.03.2025
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki

20:52 / 05.03.2025
Ittifoqchilik nima? O‘zbekistonning ittifoqchilari kimlar va yana kimlar bo‘lishi mumkin?

17:10 / 04.03.2025