Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST noma’lum kasallik sabablarini aniqlash uchun Kongoga o‘z mutaxassislarini yuboradi
Kongo Demokratik Respublikasining Kvango provinsiyasida tarqalgan noma’lum kasallik 30 kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mamlakatga ekspertlardan iborat guruhini jo‘natmoqda.

Foto: Report.az
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari Kvango provinsiyasida 30 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan noma’lum kasallik sababini aniqlashda Kongo Demokratik Respublikasiga (KDR) yordam ko‘rsatmoqda.
Qayd etilishicha, tashkilot KDR sog‘liqni saqlash organlariga mamlakat janubi-g‘arbidagi Kvango provinsiyasi, Panzi aholi punktida tarqalgan va hozirga qadar tashxisi qo‘yilmagan kasallik turini aniqlash uchun o‘z ekspertlarini yuboradi.
JSSTning mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berishicha, Panzi tibbiy-sanitariya zonasida hozirga qadar 394 kishida ushbu kasallik aniqlangan va 30 kishi vafot etgan. Avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida tarqalgan noma’lum kasallik 143 kishining umriga zomin bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Kasallik belgilari — bosh og‘rig‘i, yo‘tal, istima, nafas olishning qiyinlashuvi va anemiya.
Panziga yo‘l oladigan mutaxassislar tarkibidan epidemiologlar, lobarantlar, yuqumli kasalliklar profilaktikasi va nazorati bo‘yicha ekspertlar o‘rin oladi.
«Bizning ustuvor vazifamiz jabr ko‘rgan oilalar va jamoalarga yordam ko‘rsatishdan iborat. Kasallik sababini aniqlash uchun barcha sa’y-harakatlar ko‘rilmoqda», — deydi JSSTning Afrika mintaqasi bo‘yicha direktori Matshidiso Moeti.
Oktyabr boshlarida Kongo Demokratik Respublikasida joriy yil boshidan beri 30 mingdan ortiq insonda Mpox (maymunchechak) kasalligi aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘shanda Mpox oqibatida yuzaga kelayotgan o‘lim holatlari asosan bolalarda kuzatilayotgani, besh yoshgacha bo‘lganlar guruhi umumiy o‘lim holatlarining 70 foizini tashkil etayotgani ma’lum qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gematologik kasalliklarga chalinganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish takomillashtiriladi
O‘zbekiston | 09:15
-
Xususiy tashkilotlarga G‘azoga gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berildi
Jahon | 09:07
-
Geografik obektlarning klassifikatori ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 08:55
-
YeI Tramp bilan kelishuvni «eng yaxshi variant» deb hisoblayapti
Jahon | 08:15
Mavzuga oid

19:24 / 04.08.2025
Soch to‘kilishi tabiiy jarayonmi yoki kasallik? Uni qanday davolash mumkin?

08:31 / 19.07.2025
Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni ozod qilish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi

23:49 / 16.07.2025
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi

14:55 / 28.06.2025