Chexiya uzilishlardan keyin yana Rossiyadan neftni «Drujba» orqali olyapti

Jahon 14:40 / 07.12.2024 2858

Rossiya nefti uzilishlardan so‘ng «Drujba» quvuri orqali yana Chexiyaga yetib bormoqda. Yetkazib berish 6 dekabr, juma kuni ertalab qayta tiklandi, deb yozdi Orlen Unipetrol kompaniyasi bosh direktori Mariush Vnuk X mikrobloglar tarmog‘ida. Polshaning Orlen kompaniyasining ushbu shu’ba korxonasi Litvinova, shuningdek, Kralupi-Vltavouda ikkita neftni qayta ishlash zavodini boshqaradi.

Ikki kun avval Chexiya sanoat va savdo vaziri Lukas Vlchek «Drujba» quvurining janubiy tarmog‘i bo‘ylab neft yetkazib berish to‘xtatilganini e’lon qilgan edi. Sanoat va savdo vazirligi rahbari ehtimoliy sabablarni aytmadi. O‘z navbatida, Praga hukumati davlat zaxiralaridagi neftdan foydalanishga yashil chiroq yoqdi.

Bundan tashqari, 1 dekabr kuni neft quvurining shimoliy tarmog‘ida sizib chiqish sodir bo‘lgan. Hududida avariya qayd etilgan Polsha Germaniyaga xomashyo yetkazib berishda davom etmoqda. Sizib chiqish joyida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Quvur operatori PERN infratuzilma obektiga yetkazilgan zararning turli versiyalarini o‘rganmoqda — texnik nosozlikdan tortib to diversiyagacha.

Polshadagi «Drujba» neft quvurida avariya yuz berdi

2 dekabr kuni PERN milliy quvur operatori xabariga ko‘ra, Polsha «Drujba» neft quvuridan bir kun avval sodir bo‘lgan yonilg‘i sizib chiqishiga qaramay, Germaniyaga neft yetkazib berishda davom etmoqda. Sizib chiqish 1 dekabr kuni ertalab davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan Pnevi shahri yaqinida Germaniyadagi neftni qayta ishlash zavodiga neft yetkaziladigan g‘arbiy uchastkaning ikkita liniyasidan birida aniqlangan.

Shikastlangan liniyada neft yetkazib berish to‘xtatildi, ikkinchi liniya orqali yetkazib berish davom etmoqda. Voqea sodir bo‘lgan joyda ta’mirlash ishlari olib boriladi: xomashyoni tayyorlash va almashtirishdan so‘ng, sizib chiqish yuz bergan uchastka yangisi bilan almashtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: