2030 yilgacha 18 ming megavattdan ortiq bo‘lgan QES va ShES foydalanishga topshiriladi

O‘zbekiston 13:56 / 07.12.2024 1642

Unda so‘nggi 6-7 yil ichida O‘zbekistonda "yashil" iqtisodiyotni, xususan, "yashil" energetikani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etilgan. Bu yo‘nalishda qayta tiklanadigan energiya manbalari negizida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi.

Nashrda so‘nggi 5-6 yil ichida umumiy quvvati 20 630 megavatt bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan 38 ta shartnoma imzolangani bildirilgan.

Xitoy OAV, shuningdek, ayni paytda umumiy quvvati 1700 megavatt bo‘lgan 7 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va umumiy quvvati 900 megavatt bo‘lgan 3 ta shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilayotgani haqida yozgan.

"Ushbu investitsiya loyihalari Saudiya Arabistoni (ACWA Power), Birlashgan Arab Amirliklari (Masdar, Tepelen Group AG va Solar Power Shine), Fransiya (Total Eren, Voltalia va Xitoy (Gezhouba Overseas Investment Group, China Datang Overseas Investment va Universal Energy) kompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda", – deyilgan materialda.

Diplomat jurnalida bosilgan maqolada yozilishicha, ushbu tizimli chora-tadbirlar natijasida O‘zbekistonda 2026 yilga borib umumiy quvvati 5 ming megavatt, 2030 yilgacha esa 18 ming megavattdan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari foydalanishga topshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: