Islandiyada 2029 yilgacha kit oviga ruxsat berildi

Jahon 23:30 / 06.12.2024 3811

Islandiya hukumati 5 dekabr kuni ikki kompaniyaga keyingi besh yil davomida kitlarni ovlashga ruxsat berdi, deb yozadi BBC.

Qayd etilishicha, mazkur ruxsatnomaga ko‘ra, har yili iyundan sentabr oyiga qadar davom etadigan ovchilik mavsumi doirasida 209 ta finval va 217 tagacha minke kitlarini ovlash mumkin.

O‘tgan yili hukumat buyurtmasi asosida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari kit ovlash usullari hayvonlarni himoya qilish qoidalariga mos kelmagani tufayli mamlakatda ikki oyga kitlarni ovlash taqiqlangan edi.

Islandiya Norvegiya va Yaponiya bilan bir qatorda dunyoda tijoriy kit ovlashga ruxsat beruvchi uchta davlatdan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda ushbu amaliyot ko‘plab bahslarni yuzaga keltirmoqda: jamoatchilik vakillari, faollar, mahalliy aholi va xalqaro hamjamiyat Islandiya hukumatini kit ovlashni to‘xtatishga chaqirmoqda.

«Mamlakatdagi badavlat kit ovlovchilar ushbu vaqtincha hukumatning so‘nggi soatlarida ham unga ta’sir ko‘rsatishni davom etmoqda. Bu hukumat himoyalanish o‘rniga o‘ta bahsli va shoshilinch qarorni qabul qildi», — deydi Xalqaro hayvonlarni himoya qilish jamg‘armasining dengiz muhofazasi dasturlari direktori Sharon Livermor.

Ko‘proq yangiliklar: