Xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Jamiyat 07:34 / 04.12.2024 5715

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, Urgut tumanida fuqarolar S.A. va S.M. fuqarolar A.N. va B.T.ning ishonchiga kirib, ularni 22 ming dollar evaziga AQShga yuborishini va’da qilib, oldindan 15 400 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida fuqaro X.I. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 2500 dollar evaziga Litvaga ishga borishi uchun hujjatlarini rasmiylashtirib, viza olib berishini aytgan. Shundan 1500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Navoiy shahrida fuqarolar N.Sh. va N.B. fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreyaga 6 oylik mavsumiy ishga yuborishlari evaziga 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Bekobod shahrida fuqaro M.Sh. fuqarolar B.D. va S.D.ni Turkiyaga borishi uchun tanishlari orqali deportini yechib, viza olib berishi evaziga 1000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: