Tramp Parijga Notr-Dam sobori ochilishiga keladi

Jahon 14:41 / 04.12.2024 1922

Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylanganidan keyin ilk xorijiy tashrifini Fransiyaga amalga oshiradi. «Prezident Emmanuel Makron Notr-Dam sobori to‘liq hajmda qayta tiklanishi va yana ko‘p narsalarni ta’minlash uchun ajoyib ish qildi. Bu barcha uchun alohida kun bo‘ladi!» – deb yozdi Tramp 3 dekabr, seshanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Makron Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagan birinchi jahon yetakchisi bo‘ldi. Oq uy saylangan rahbarining Fransiyaga safari u prezident lavozimiga rasman kirishidan oldin bo‘lib o‘tadi: uning inauguratsiyasi 2025 yil 20 yanvarga belgilangan.

Restavratsiyadan keyin sobor ochilishi paytida xavfsizlik choralari kuchayadi

Besh yillik restavratsiyadan so‘ng Notr-Damning tantanali ochilishi 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Parij prefekturasi ma’lumotlariga ko‘ra, tadbir davomida xavfsizlik kuchaytiriladi va 6000 ga yaqin huquq-tartibot idoralari xodimlari, jumladan tom tepalarida snayperlar ish olib boradi.

2019 yilning 15 aprel kuni Fransiya poytaxtining asosiy ramzlaridan biri bo‘lgan gotika uslubidagi Notr-Dam soborida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Sobor gumbazli shiftining qismlari vayron bo‘lgan, XIX asrga tegishli shpil qulab tushgan va ichki qismi katta zarar ko‘rgan. Yong‘in sodir bo‘lgan kechadayoq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Notr-Damning besh yil ichida qayta tiklanishiga va «har doimgidan ham go‘zal» bo‘lishiga va’da bergan edi.

Ko‘proq yangiliklar: