Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada har kuni kamida 160 nafar politsiyachi xizmatdan bo‘shayotgani ma’lum bo‘ldi
RF Ichki ishlar vazirligida har oy 5 ming nafargacha politsiyachi xizmatdan bo‘shamoqda. Mamlakatda shunday hududlar borki, uchastka inspektorlari lavozimining 90 foizi butlanmagan va bitta xodim to‘qqiz kishining o‘rniga ishlashga majbur bo‘lmoqda.

Foto: «Moskva» agentligi
Rossiya politsiyasidan har oy kamida 3 ming kishi xizmatdan bo‘shamoqda, mamlakat Ichki ishlar vazirligining shaxsiy tarkib borasidagi yetishmovchiligi qariyb 20 foizni tashkil etadi. Bu haqda iste’fodagi general-mayor, Tashqi va mudofaa siyosati bo‘yicha kengash a’zosi Vladimir Vorojtsov ma’lum qildi.
«Ichki ishlar vazirligida har oy 3 mingdan 5 ming nafargacha politsiyachi xizmatdan bo‘shayapti — bu butun boshli viloyat boshqarmasi tarkibiga teng. Xizmatdan bo‘shashlarning bir qismi yangilar kelayotgani bilan qoplanmoqda, ammo shuni tushinishingiz kerakki, tarjibaga ega, bilim va malakasi mavjud professionallar ketyapti, kelayotganlar esa ko‘pincha eng yaxshi kadrlar emas», — deydi Vorojtsov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada shunday hududlar borki, uchastka inspektorlari lavozimining 90 foizi butlanmagan va bitta xodim to‘qqiz kishining o‘rniga ishlashga majbur bo‘lmoqda. Politsiya generali bunga sabab qilib moddiy ta’minotning yetishmasligini keltirdi.
«Bu xodimlar moddiy-pul bilan kam ta’minlanayotganidan. Ichki ishlar organlari xodimlari juda kam maosh olishlari aniq», — deydi u.
Avvalroq Rossiya Ichki ishlar vazirligida qariyb 19 foiz — 173 mingdan ziyod politsiyachi yetishmayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi borasidagi yetishmovchiligi 173,8 mingni yoki shtat hisobida 18,8 foizni tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

22:01 / 25.07.2025
Ramzon Qodirov Turkiyada dam olayotganda cho‘kib ketishiga sal qoldi – OAV

21:11 / 25.07.2025
O‘zbekistonda zaharlangan rossiyalik jurnalist Papernayaning yaqinlari tovon puli oladi

16:15 / 25.07.2025
Rossiya fuqarolari zaharlanib vafot etgan Toshkentdagi mehmonxona egasi 8 yilga qamaldi

15:28 / 25.07.2025