Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar spirtdan yonilg‘i oladigan mini-robotlarni ixtiro qildi
Robot harakati maksimal tezlikda sekundiga 6 santimetrga chiqdi.

Foto: Jackson K. Wilt
Harvard universiteti muhandislari hech qanday dvigatel va mexanizmlarsiz mini suzuvchi robotlarni qanday yaratish mumkinligini o‘ylab topdi. Buning uchun mutaxassislar Marangoni effektini esladi — unda sirt tarangligi kichik bo‘lgan suyuqliklar tarangligi katta modda bo‘ylab tez yoyiladi.
G‘oyani hayotga tatbiq etish uchun olimlar diametri taxminan bir santimetr bo‘lgan dumaloq plastik shaybalarni 3D printerda chop etdi. Ushbu shaybalarning ichiga suzishni ta’minlovchi havo kamerasi va spirt solingan kichkina yonilg‘i baki joylashtirildi. Spirt asta-sekin oqib chiqib, robotni oldinga harakatlantirdi. Spirt bejiz tanlanmagan: uning sirt tarangligi kichik, juda tez bug‘lanadi va suvni ifloslantirmaydi.
Tajriba mualliflaridan biri Jyekson Uilt tushuntirishicha, robotni harakatlantiradigan eng muhim omil — spirtli ichimlikning kuchli ta’siri. Tajribada aroq boshqa ichimliklardan yaxshiroq natija bergan. Tarkibida spirt nihoyatda ko‘p bo‘lgan absent ichimligi esa eng katta ta’sir o‘tkazdi. Robot harakati maksimal tezlikda sekundiga 6 santimetrga chiqdi, ba’zi urinishlarda esa 8,5 daqiqagacha harakatlanishga muvaffaq bo‘ldi.
Biroq olimlar buning o‘zi bilan cheklanib qolmadi. Keyinchalik ular bir nechta yonilg‘i teshiklariga ega shaybalarni 3D printerdan chiqardi, bu esa yanada kattaroq robotlarni yaratish imkonini berdi.
Avvalroq xitoylik olimlar sun’iy idrok asosida avtonom ishlay oladigan birinchi qutqaruvchi robotni yaratgandi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan robot daryoda doimiy patrullikni boshlagan. U inson aralashuvisiz kecha-yu kunduz navbatchilik qila oladi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

23:25 / 01.08.2025
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi

21:41 / 15.07.2025
Google gidroelektr energiyasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik shartnomani imzoladi

21:44 / 11.07.2025
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

16:38 / 30.06.2025