Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada muxolifat prezidentga impichment e’lon qilishga chaqirmoqda
Muxolifatdagi «Toburo» demokratik partiyasi prezident Yun Sok Yolni isyonda ayblab, unga impichment e’lon qilishni talab etmoqchi. Fuqarolik tashkilotlari Janubiy Koreya hukumatining iste’fosini talab qilmoqda.

Foto: REUTERS/Kim Soo-heon
Janubiy Koreyadagi eng yirik muxolif kuch – «Toburo» demokratik partiyasi 4 dekabr, chorshanba kuni mamlakatda harbiy holat joriy etilishi va bekor qilinishi bilan bog‘liq vaziyat fonida mamlakat prezidenti Yun Sok Yolga impichment e’lon qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Partiya davlat rahbariga, mudofaa va ichki ishlar vazirlariga, shuningdek, «harbiy holat qo‘mondoni va politsiya boshlig‘i kabi asosiy harbiy va politsiya zobitlariga» qarshi fitna ayblovlarini qo‘yishini qo‘shimcha qildi», deyiladi AFP xabarida.
Ayni paytda Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati a’zolari ommaviy ravishda iste’foga chiqish istagini bildirishdi. Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi aniqlik kiritishicha, bunday murojaatlar, jumladan, Yunning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Shin Von Sik, shuningdek, prezident ma’muriyati rahbari Jung Jin Suk tomonidan yozilgan.
Janubiy Koreya hukumati iste’foga chiqishga chaqirildi
Shu kuni, 4 dekabrda qator jamoat tashkilotlari vakillari Seuldagi Kvanxvamun maydoniga yig‘ilib, prezident tomonidan harbiy holat joriy etilganini qoraladi va hukumat iste’fosini talab qildi, deb yozadi Yonhap. Politsiya namoyishchilar sonini 400 kishi atrofida baholamoqda.
Koreya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, «Demokratiya uchun xalq birdamligi» va boshqa jamoat tashkilotlari a’zolari matbuot anjumani o‘tkazib, Yunning bir kun avval harbiy holat e’lon qilgani konstitutsiyaga zid, noqonuniy va haqiqiy emasligini ta’kidladi, deb yozadi Yonhap.
«Prezident Yun Sok Yeol harbiylarni Milliy majlisni talon-toroj qilish uchun safarbar qildi, qonun chiqaruvchilarning parlament eshituvlariga kirishiga va ularni o‘tkazishiga to‘sqinlik qilishga urindi hamda harbiy holat e’lon qilish va odamlarning siyosiy faoliyat huquqi kabi asosiy huquqlarini buzish orqali konstitutsiyaviy vayronagarchilikka yo‘l qo‘ydi», — deya jamoat tashkilotlaridan biri vakilining so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.
O‘z navbatida, Candlelight Action fuqarolik guruhi alohida matbuot anjumani o‘tkazib, Yunga zudlik bilan impichment e’lon qilish va uni hibsga olishga chaqirdi.
Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat rejimini bekor qildi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda bir necha soat avval joriy etgan harbiy holat rejimi tugatilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi 4 dekabr kuni erta tongda.
Bungacha mamlakat parlamenti – Milliy majlis harbiy holat rejimiga qarshi chiqqan edi. Reuters xabariga ko‘ra, 3 dekabr kuni kechki payt qurshovdagi parlament binosiga kirishga muvaffaq bo‘lgan 300 nafar deputatdan 190 nafari uni bekor qilish uchun ovoz bergan.
Janubiy Koreya konstitutsiyasiga ko‘ra, mamlakat parlamenti favqulodda holatni ko‘pchilik deputatlar yoqlab ovoz bergan taqdirda bekor qilish huquqiga ega. Ovoz berishdan keyin parlament spikeri Vu Von Sik Yun Sok Yolni qarorini bekor qilishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi
Jahon | 11:02
-
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda
Jahon | 10:39
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
-
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
Mavzuga oid

09:56
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

17:11 / 06.07.2025
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda

16:46 / 05.07.2025