Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilar ekotizimi joriy qilinadi

O‘zbekiston 16:36 / 04.12.2024 971

“Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2025 yil 1 yanvardan ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlarni taklif etishning quyidagi yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi ochiq va shaffof Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi joriy qilinadi:

- hududlar va tovarlar kesimida ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risidagi sanoat xaritasini ishlab chiqish;

- davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zaro kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va ofteyk shartnomalar tuzish imkoniyatini yaratish;

- “B2B” va “B2C” formatida “marketpleys” shaklidagi erkin savdo maydonchasini tashkil etish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ishlab chiqaruvchilar ekotizimining to‘liq joriy etilishi va uning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash uchun mas’ul tashkilot ekanligi belgilandi.

“Davlat xaridlari – biznesga ko‘mak” tamoyili asosida “tadbirkorbay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Ayrim tadbirkor ishlab chiqaruvchilarga barcha davlat xaridlari elektron tizimlarida:

- davlat xaridlarida ishtirok etish uchun vositachilik yig‘imi miqdoriga nisbatan 50 foiz chegirma taqdim etiladi;

- xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishda qo‘shimcha zakalat kiritilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: