4 dekabr kuni Toshkent shahrining bir qancha tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi, deb xabar berdi «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ.
Ushbu hududlar:
- Yunusobod tumani: «Mingchinor», «Nurmakon», «Sobirobod», «Yolariq» mahallalarining ayrim hududlarida hamda 4-mavze hududidagi «Rezidensiya» qurilish majmuasi, AQSh elchixonasida soat 9:00 dan 18:00 gacha; «Mirzo Ulugbek», «Buyuk Turon», «Bodomzor», «Firdavsiy», «Bo‘zsuv», «Shayx Shivli» va «Xiyobon Tepa» mahallalarida soat 00:00 dan 4:00 gacha;
- Mirzo Ulugbek tumani: «Pastki Yuz», «Geologlar» hamda «Geofizika» mahallalarining ayrim hududlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha; «Mustaqillik», «Oqqo‘rg‘on», «Hamid Olimjon» hamda «Mirza Kalon Ismoiliy» mahallalarida soat tungi 00:00 dan 4:00 gacha;
Ta’minotning o‘chirilishi iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borilishi bilan izohlangan.