O‘zbekiston rasmiylari migratsiyani muhokama qilish uchun Rossiya elchixonasi xodimlari bilan uchrashib turmoqchi

O‘zbekiston 15:30 / 30.11.2024 1259

28 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi. Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish, O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi himoyasi va huquqlarini ta’minlashda TIV oldida turgan vazifalar muhokama qilingan.

«Yuqoridagi masalalar yuzasidan fikr almashildi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya korxonalariga mehnat faoliyatini tashkiliy ravishda jalb qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risida bir qator konstruktiv kelishuvlarga erishildi. Rossiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun tashkiliy ravishda jo‘natishdan manfaatdorligini tasdiqladi», — deyiladi xabarda.

Migratsiyani tartibga solish masalalarini muhokama qilishda O‘zbekiston TIV, IIV, Migratsiya agentligi hamda Rossiya elchixonasi mas’ul xodimlari o‘rtasida har hafta ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish uchun ishchi format yaratish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Ko‘proq yangiliklar: