Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Primorskiy o‘lkasi uchun migrantlarning asosiy «ta’minotchisi» ekani ma’lum bo‘ldi
Chet ellik ishchi kuchini qonuniylashtirish uchun o‘lkada mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq barcha masalalarni o‘z zimmasiga oladigan ixtisoslashtirilgan agentlik tuzilmoqda.

Foto: Aleksey Belkin / NEWS.ru / TASS
Rossiyaning Primorskiy o‘lkasida 46 mingga yaqin migrant istiqomat qiladi va ularning ko‘pchiligi – o‘zbekistonlik. Bu haqda hudud hukumati raisi Vera Shcherbina ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlarning aksariyati O‘zbekistondan kelgan – taxminan 19,5 ming kishi. Shuningdek, qirg‘izlar (3,5 ming), tojiklar (2,7 ming) va xitoyliklar (11,5 ming) ham bor.
«Bular qonuniy migrantlar, ammo noqonuniy migrantlar ham bor. Va albatta ular bizga katta muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu jinoyatlarni o‘z ichiga oladi, garchi ular 3 foizdan bir oz ko‘proq bo‘lsa-da. Lekin shunga qaramay, bunday holatlar juda rezonansli. Aholi esa bunday holatlarga juda salbiy baho beradi. Ichki ishlar boshqarmasi [migratsiya qonunchiligini] buzish bo‘yicha 13 mingga yaqin bayonnomalar haqida bizga xabar berdi, bu haqiqatan ham juda ko‘p. Biz esa tartibni tiklash vaqti keldi deb hisoblaymiz», dedi u.
Qayd qilinishicha, chet ellik ishchi kuchini qonuniylashtirish uchun o‘lkada mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq barcha masalalarni o‘z zimmasiga oladigan ixtisoslashtirilgan agentlik tuzilmoqda. U nafaqat ish beruvchining iltimosiga binoan hududga ishchilarni jalb qiladi, balki xorijliklarni, jumladan, xorijda ham o‘qitadi.
Bularning barchasi, Shcherbina so‘zlariga ko‘ra, mintaqa iqtisodiyotining ko‘plab tarmoqlarida - qurilishdan qishloq xo‘jaligigacha bo‘lgan sohalarda muhim kadrlar yetishmasligini hech bo‘lmaganda qisman tugatishga imkon beradi. Rasmiylarning fikricha, qo‘shimcha ishchi kuchisiz mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish qiyin bo‘ladi. Biroq, bu holda mehnat migratsiyasi tushunarli va to‘liq qonuniy bo‘lishi kerak.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
🔴 LIVE: Trampning ultimatumi: real ogohlantirishmi yoki puch tahdid?
Jahon | 11:29
-
Mers Trampning Ukraina uchun qurol bo‘yicha tashabbusini olqishladi
Jahon | 11:09
-
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi
Jamiyat | 11:06
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 10:53
Mavzuga oid

09:45
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi

08:42
Rossiyada yana bir harbiy-dengiz paradi bekor qilindi

23:54 / 14.07.2025
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin

21:01 / 14.07.2025