Unda avval Olmaota viloyati hokimi Marat Sultangaziyev bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi, O‘zbekiston hududlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘zaro mahsulot ayriboshlash va mamlakatdan mavsumiy meva va sabzavotlarni yetkazib berish masalalari xususida fikr almashildi.
Tomonlar investitsiyaviy loyihalarni, shu jumladan Olmaota viloyati hududida qadoqlash mahsulotlari, poyabzal, bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishning istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, "Alatau" maxsus iqtisodiy hududiga qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilishga e’tibor qaratildi.
Investitsiya loyihalari mezonlari va ishchi kuchini jalb qilish masalalarini batafsil muhokama qilish uchun viloyat hokimligining tegishli boshqarmalari va "Alatau" hududi ma’muriyati bilan qo‘shimcha uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.