“28 noyabr kuni kechki vaqtda Shayxontohur tuman ichki ishlar organlariga tushgan xabarga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan, 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro Ye.E. sobiq «Chorsu» mehmonxonasi binosiga tanishi bilan birga ruxsatsiz chiqqan. U binoning 21-qavatidan 3-qavatigacha tushib ketib, voqea joyida vafot etgan”, - deyiladi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Kun.uzʼga taqdim qilgan ma’lumotda.
Marhum yigitning vafot etgani yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.