Putin o‘z labradori uchun Merkeldan uzr so‘radi

Jahon 12:29 / 29.11.2024 8561

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya sobiq kansleri Angela Merkeldan 2007 yilda Sochidagi uchrashuvlaridan birida Koni laqabli labradori qatnashgani uchun ochiqchasiga uzr so‘radi. «Men unga yana aytaman: Angela, meni kechir, men senga bunday ruhiy og‘riq keltirishni xohlamagandim, aksincha, suhbatimiz uchun qulay muhit yaratmoqchi edim», — dedi Putin jurnalistlar iltimosiga ko‘ra Merkelning voqeani tasvirlab bergan xotiralaridan parchalar bo‘yicha.

Germaniya sobiq kansleri Putin itni uning qo‘rquvini bila turib, ataylab ichkariga kiritgan, deb hisoblaydi, chunki Rossiya tomoni bu haqda avvalroq ogohlantirilgan. Putinning ta’kidlashicha, u kanslerning qo‘rquvi haqida bilmagan.

Merkel: Menda hech qachon Putin bo‘yicha illyuziyalar bo‘lmagan

Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2000 yilda birinchi marta prezidentlikka kelganida Ukrainaga hujum qilish rejasiga ega bo‘lmaganini aytdi. Katta ehtimol bilan, u hokimiyatda bo‘lgan vaqtida bunday fikrga kelgan va G‘arb Rossiya bilan munosabatlarda «hammasini to‘g‘ri qildimi» yoki yo‘qmi, shu haqda savol berishi kerak, dedi u 22 noyabr kuni nashr etilgan Der Spiegel haftaligiga bergan intervyusida. 

«Men bu savolga aniq javob bera olmayman. Ochig‘ini aytsam: Putinning Ukrainaga hujumini oqlaydigan biron bir sabab yo‘q. Ammo G‘arbda birdamlik bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Biz kutilganidek kuchli bo‘lolmadik», — dedi u.

Merkelning aytishicha, u Putin haqida «hech qachon illyuziyalarga ega bo‘lmagan». «U har doim diktatorlik tendensiyalariga ega edi, men ko‘pincha uning xotirjamligidan g‘azablanardim», dedi sobiq kansler.

Ko‘proq yangiliklar: