Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3 yoshli bolaning qotili 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Yashnobod tumanida giyohvandlik vositalari ta’sirida 3 yoshli bolani vahshiylarcha pichoqlab o‘ldirgan shaxs ustidan sud yakunlandi. 31 yoshli shaxs 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Qotil tayinlangan jazoning dastlabki 4 yilini turmaga qamash tariqasida, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

29 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida o‘zi bilan yashab kelgan ayolning 3 yashar o‘g‘lini vahshiylarcha o‘ldirgan S.M.ga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda sud Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Hukmga ko‘ra, 31 yoshli S.M. Jinoyat kodeksining 4 ta moddasi bilan aybdor deb topilgan. Xususan:
- 97-modda 2-qismi «v», «j» bandlari — ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish;
- 25-modda orqali 97-moddaning 2-qismi «b», «g», «j», «r» bandlari — homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni, o‘z fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsning yaqin qarindoshlarini, o‘ta shafqatsizlik bilan, xavfli retsidivist tomonidan o‘ldirishga suiqasd qilish (qotil bolaning onasiga nisbatan ham jinoyat sodir qilgan);
- 219-modda 2-qismi — fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsni fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish;
- 251-1-moddasi 3-qismi — giyohvandlik va psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, .... saqlash jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Jinoyat kodeksining 50-moddasi 9-qismiga asosan, sudlanuvchi tayinlangan jazoning dastlabki 4 yilini turmaga qamash tariqasida va qolgan qismini qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqli.
Avvalgi sud majlislarida ma’lum bo‘lgandiki, qotil 9 iyulga o‘tar kechasi “Regopen” va “Tropikamid” dori vositalari va “Mefedron” giyohvandlik moddasini iste’mol qilgan. Bu moddalar ta’sirida o‘zi bilan birga yashab kelgan, 1994 yilda tug‘ilgan ayol N.N.ni uning 2021 yilda tug‘ilgan, onasining bag‘riga intilgan o‘g‘lidan rashk qilgan va bolani uxlayotgan vaqtida vahshiyona tarzda (yuz qismidagi tana a’zolariga yig‘ma pichoq sanchgan holda) o‘ldirgan.
“O‘sha kuni “glyuk”da bo‘lganman. Voqeani eslay olmayman. Ko‘p kayf qilib yuborganman”, degandi sudlanuvchi.
Sud ekspertizasiga ko‘ra, sudlanuvchi aqli raso va ruhiy sog‘lom deb topilgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

15:48 / 13.07.2025
Farg‘onada tanishini urib ketgan haydovchi qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda

17:45 / 12.07.2025
Chinozda opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan yigitga hukm o‘qildi

17:56 / 10.07.2025
Kiyevda Ukraina xavfsizlik xizmati polkovnigi otib ketildi

17:42 / 07.07.2025