Polshalik fermerlar Ukraina bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktini to‘sib qo‘ydi
Namoyishchilar Ukrainadan kelayotgan og‘irligi 3,5 tonnadan oshuvchi yuk mashinalari harakatini to‘liq to‘sib qo‘yib, Ukrainaga esa har soatda bittadan yuk mashinasini o‘tkazib yubormoqda.

Foto: RBK-Ukraina
Polshalik fermerlar Ukraina bilan chegarada joylashgan Medika — Shegini nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tuvchi yo‘lni yuk mashinalari harakati uchun to‘sib qo‘ydi. Bu haqda Ukraina Davlat bojxona xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, namoyishchilar Ukrainadan kelayotgan og‘irligi 3,5 tonnadan oshuvchi yuk mashinalari harakatini to‘liq to‘sib qo‘ygan, Ukrainaga esa har soatda bittadan yuk mashinasini o‘tkazib yubormoqda. Aksiya ishtirokchilari avtobuslar va yengil mashinalar harakatiga to‘sqinlik qilmayapti. «Ukrinform» agentligiga ko‘ra, 30 ga yaqin odam 28-raqamli yo‘lning Ukraina bilan chegaraga eltuvchi piyodalar o‘tish qismida Polsha bayrog‘ini ko‘targan holda harakatlanmoqda.
Ukraina Davlat chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar 48 soat davom etishi e’lon qilingan. Bojxona xizmati polyaklar chegara punktini yil oxiriga qadar to‘sib qo‘yish niyatida ekanidan ogohlantirdi.
Yangi norozilik namoyishlarining ikki sababi
Bu safar polshalik fermerlar norozilik namoyishlarini ikki sababga ko‘ra o‘tkazmoqda — ular bevosita Ukrainaga bog‘liq emas. Birinchisi bu — 2024 yilda qishloq xo‘jaligi soliqlarini 2023 yilgi darajada saqlab qolish talablari bajarilmagani. Ikkinchisi — Yevropa Ittifoqi tomonidan Janubiy Amerika davlatlari — Braziliya, Argentina, Paragvay va Urugvay bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolanishiga oid xavotir. Fermerlar soliqlarni oshirmaslik va bitim imzolanmasligini talab qilmoqda.
Ukraina bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlari birinchi marta 2023 yil 6 noyabrda to‘sib qo‘yilgandi. O‘shanda polyaklar ukrainalik yuk tashuvchilar uchun tijoriy ruxsat joriy etish va ularning sonini cheklashni talab qilgan edi. 27 noyabrda namoyishchilariga «Aldangan qishloq» tashkilotining fermerlari ham qo‘shilib, Shegini — Medika nazorat-o‘tkazish punktida transport vositalari harakati cheklangandi. Fermerlarning noroziligiga nafaqat soliqlar oshirilgani va subsidiyalar qisqargani, balki Yevrokomissiya Ukraina g‘allasiga qo‘yilgan savdo taqiqini olib tashlagani ham sabab bo‘lgan.
Polshalik fermerlar Ukraina bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktini aprel oxiri vaqtincha to‘xtatib, iyun boshida bir necha kunga qayta tiklagan edi.
Mavzuga oid

20:44 / 02.05.2025
Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi

20:43 / 30.04.2025
Polsha davlat reyestriga keng ko‘lamli kiberhujum uyushtirildi

16:52 / 29.04.2025
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi

22:19 / 25.04.2025