DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan haydaldi - manba

O‘zbekiston 19:16 51435

O‘tgan oyda Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdushbu iste’fo sabablaridan biri ekani aytilmoqda.

64 yoshli Azizov DXX raisi lavozimida qariyb 5 yildan buyon ishlab kelayotgan edi.

Abdusalom Azizov 2005–2006 yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2006–2006 yillarda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi raisi, 2006–2008 yillarda “O‘zneftmahsulot” raisi, 2008–2009 yillarda ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti, 2009–2017 yillarda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

U 2017 yil yanvar–sentabr oylarida ichki ishlar vaziri, 2017 yil sentabrdan 2019 yil fevralgacha mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Azizov 2019 yil 14 yanvar kuni general-leytenant harbiy unvonini olgan, bir oy o‘tib Ixtiyor Abdullayev o‘rniga DXX raisi etib tayinlangan. O‘sha yil iyulida O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidentligiga saylangan.

Ko‘proq yangiliklar: