Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi

O‘zbekiston 19:28 / 23.11.2024 51170

Qurbonov DXX rahbari lavozimidan chetlatilgan Abdusalom Azizovning o‘rnini egallaydi.

55 yoshli general so‘nggi besh yildan buyon O‘zbekiston Mudofaa vazirligini boshqarib kelayotgan edi. Uch kun oldin Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan, hukumatning boshqa barcha a’zolari qatori, vazir lavozimiga ma’qullangan edi.

Mudofaa vazirligida uning o‘rnini kim egallashi hozircha ma’lum emas.

Bahodir Nizamovich Qurbonov 2015-2018 yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2018 yil fevralida unga general-mayor harbiy unvoni berilib, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan. 2019 yil fevralida esa u O‘zbekiston mudofaa vaziri sifatida ish boshlagan.

2021 yil 14 yanvarda mudofaa vaziriga general-leytenant harbiy unvoni berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: