Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent shahrining Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 21 noyabr kuni elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

Foto: Toshkent shahar elektr tarmoqlari
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ xabar berishicha, bunga elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
21 noyabr kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: “Iyk ota”, “Gulbog‘”, “Ustozlar” hamda “Zabardast” MFYning ayrim hududlarida soat 08:00 dan 17:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Geologlar”, “Geofizika”, “Ijodkor”, “Zakovat”, “Alisherobod”, “Iqtidor” hamda “Jasorat” MFYning ayrim hududlarida elektr ta’minoti soat 08:00 dan 17:00 gacha.
Ushbu hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Mavzuga oid

13:56 / 02.05.2025
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

11:55 / 28.04.2025
Elektr va gaz qurilmalarini o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi

11:56 / 16.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi

08:06 / 14.04.2025