Toshkentda qalbaki 9 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jamiyat 09:53 / 21.11.2024 2968

Toshkent shahrida qalbaki dollarlarni sotayotgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, Yangihayot tumanida fuqarolar M.A, I.A. va boshqalar Yangi Sergeli ko‘chasidagi savdo majmuasi avtoturargohida 100 dollarlik kupyuradagi jami 9 ming qalbaki dollarni fuqaro B.Z.ga 5 ming dollariga sotgan vaqtida ushlandi. 

Qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: