Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada 16 yoshdan kichkinalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanadi. Texnologik kompaniyalarga katta jarimalar tahdid solmoqda
Yangi qoidalar Snapchat, TikTok, Instagram va X kabi ijtimoiy tarmoqlarga taalluqli. Yoshlar oldingidek Google Classroom va YouTubeʼdan foydalanishlari mumkin.

Foto: Getty Images
Avstraliya hukumati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklovchi qonunni qabul qiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Entoni Albaneze ma’lum qildi.
Hukumat rahbarining ta’kidlashicha, Avstraliya «16 yoshdan kichiklar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklovchi dunyodagi muhim qonunni» qabul qiladi. «U internetdagi xavfsizlikni nazorat qiluvchi amaldagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritadi, bu esa avstraliyalik yoshlarning rivojlanishning muhim bosqichida yanada ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydi», — deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Albanezening so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati texnologik kompaniyalar va ijtimoiy tarmoqlar administratsiyalaridan 16 yoshdan kichiklar akkuant hamda sahifalar ocha olmasligini ta’minlash uchun oqilona choralar ko‘rishini talab qiladi.
«Hukumat yangi qonunni buzganlarni qattiq jazolaydi va raqamli platformalar buning evaziga 32,5 million dollargacha jarimaga tortiladi», — deydi bosh vazir.
Avstraliya hukumati rahbarining qayd etishicha, yangi qoidalar Snapchat, TikTok, Instagram va X kabi ijtimoiy tarmoqlarga taalluqli. Yoshlar oldingidek Google Classroom va YouTubeʼdan, shuningdek, xabar almashish va onlayn o‘yin vositalaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Norvegiya bosh vazir Yonas Gar Styore mamlakat hukumati 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash niyatida ekanini ma’lum qilgandi. Hukumat rahbarining aytishicha, bu «oson kurash» bo‘lmaydi, ammo «bolalar ijtimoiy tarmoqlardagi zararli kontentlardan himoyalanishi kerak».
Kuni kecha esa Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan cheklash masalasi ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘z navbatida Freeths yuridik firmasi vakili Ion Silverman ijtimoiy tarmoqlarning taqiqlanishini «muammolar dengizidan tomchi» deb atab, o‘smirlar internet materiallariga kirishning boshqa usullarini topishini ma’lum qilgan.
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

07:47 / 15.07.2025
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi

23:51 / 14.07.2025
Avstraliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi

19:14 / 14.07.2025
Avstraliyada 19 ta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

18:24 / 10.07.2025