Chilonzorda avtobus va Lacetti to‘qnashdi
Bunyodkor-Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan YTH oqibatida Lacetti yo‘lovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

Joriy yilning 19 noyabr kuni soat 06:40 da Chilonzor tumani Bunyodkor-Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1979 yilda tug‘ilgan haydovchi M.Sh. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina hamda 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Q.M. boshqaruvidagi MAN rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
YTH natijasida Lacetti rusumli avtomashina yo‘lovchisi, 1958 yilda tug‘ilgan D.M. birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:10
Sebzor ko‘chasida ikkita Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

15:12 / 06.03.2025
Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

19:55 / 03.03.2025
YTHlar va ularning fojiali oqibatlarini kamaytirish – Erali Bozorov qonunchilikdagi o‘zgarishlarning maqsadi haqida

12:06 / 02.03.2025