Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi

Jamiyat 08:15 / 14.11.2024 5445

Viloyat IIBB ma’lum qilishicha, tadbir davomida 22-25 yoshdagi 3 nafar shaxs 3 gramm sintetik giyohvandlik vositasini nazoratdagi xaridorga 1,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Qo‘lga olinganlar orasidagi shaxs (X.G‘.)ning yonidan 6 gramm marixuana aniqlandi, sherigi (Sh.L.)ga tegishli mashinadan esa giyohvandlik moddasi iste’moli uchun maxsus yasalgan baklajka topildi.

Olib borilgan surishtiruvlar natijasida ushbu shaxslar internet orqali giyohvandlik vositalarini sotuvchilar bilan aloqada bo‘lib, “zakladchik” sifatida faoliyat yuritgani va ularga yuborilgan maxsus lokatsiyalar orqali sintetik giyohvandlik vositalarini olib tarqatgani aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida ushlangan shaxs (Sh.L.)ga yuborilgan so‘nggi lokatsiya asosida Qibray tumanida Chinobod mahallasi hududidan 20 gramm sintetik giyohvandlik vositasi yashirilgan joydan ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: