Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi boshlanadi

O‘zbekiston 16:32 / 14.11.2024 2023

Qozog‘istonda «Ipak yo‘li» nomini olgan temiryo‘l sayohat dasturi ochiladi. «Olmaota – Turkiston – Toshkent – ​​Olmaota» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 2024 yil 16 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Qozog‘iston turizm va sport vazirligi xabar berdi.

4 kunlik xalqaro temiryo‘l sayohati dasturi sayyohlarga «qadimiy shaharlar atmosferasiga sho‘ng‘ish» va «Buyuk Ipak yo‘li» izidan sayohat qilish imkonini beradi. Yo‘nalish Turkiston va Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylarini o‘z ichiga oladi. Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida ekskursiya dasturiga gidlar yordami, ovqatlanish, transport xizmatlari va muzey chiptalari kiradi.

«Hamkorlikda biz ikki davlatni bog‘laydigan noyob temiryo‘l sayohati dasturini yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Boy ma’naviy va tarixiy merosni o‘rganishni xohlovchi boshqa mamlakatlardan kelgan fuqarolar va sayyohlar uchun sayohat yanada qulay bo‘ladi. Bu Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida turizmni rivojlantirish va madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi», dedi Qozog‘iston turizm va sport vaziri o‘rinbosari Yerjan Yerkinbayev.

Sayohatchilar Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri – muhim savdo tarmog‘i bo‘lgan O‘trorni ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Sayohat dasturidan Arslon bobo maqbarasi, «Hazrat Sulton» tarixiy-madaniy qo‘riq-muzeyi, Markaziy Osiyodagi eng yirik «Karvonsaroy» sayyohlik majmuasiga borish ham o‘rin olgan. Toshkentda ekskursiya ishtirokchilariga nafaqat tarixiy joylar, balki shaharning zamonaviy taraqqiyoti bilan ham yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: