Tashrif davomida, O‘zbekiston vakillari Britaniyaning AKS Service, Concrete Canvas, Lemar Food LTD, Trade Development yirik kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazishdi.
Ularda Kitob tumani hududida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, yangi ish joylarni tashkil etish, tibbiy muassasalarni qurish, hududda yetishtirilgan meva va sabzavotlarni Britaniya bozoriga eksport qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvlar natijasida qator kelishuvlarga erishildi.