1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi

Jamiyat 09:21 / 13.11.2024 2783

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, Sharof Rashidov tumanida fuqaro S.O‘. ga tegishli darvoza yasash sexida elektr qurilmalarini (quvvati 16,3 kVt) shartnomasiz, hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulab elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 160 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Ko‘proq yangiliklar: