O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi

Fan-texnika 16:47 / 12.11.2024 3897

O‘zbekiston Xalqaro Valuta Jamg‘armasi (XVJ) tomonidan tuzilgan global sun’iy intellektga (SI) tayyorlik reytingida 123-o‘rinni egalladi. Bu haqda XVJ ma’lumotlariga tayanib Ranking.kz xabar berdi.

174 davlatni qamrab olgan indeks raqamli infratuzilma, inson kapitali, texnologik innovatsiyalar va huquqiy tartibga solish kabi omillarni hisobga olgan hamda Jahon banki, Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa tashkilotlar ma’lumotlaridan foydalanilgan.

Reytingda, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilar qatorida 48-o‘rinni egallagan Qozog‘iston, keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (99-o‘rin) va Tojikiston (123-o‘rin) ham joy oldi. Turkmaniston bu reytingga kiritilmadi.

Sun’iy intellektdan foydalanishga tayyorlik bo‘yicha dunyo yetakchilari - Singapur, Daniya va AQSh.

Shu bilan birga, Markaziy Afrika Respublikasi, Afg‘oniston va Janubiy Sudan so‘nggi o‘rinlarni egalladi.

Ushbu reyting SI texnologiyalarining iqtisodiyot va jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi uchun raqamli infratuzilma va inson kapitalini rivojlantirishga sarmoya kiritish muhimligini ta’kidlaydi.

Tojikiston 2022 yil sentabrida mamlakat prezidenti Imomali Rahmon tashabbusi bilan Milliy sun’iy intellekt strategiyasini qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat bo‘lgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: