O‘zbekistonga davolanish uchun kelgan xorijliklar soni ma’lum qilindi

O‘zbekiston 10:08 / 10.11.2024 2874

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida 81,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 36,3 ming nafarga yoki 80,2 foizga oshgan.

O‘tgan 9 oyda O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan xorijliklar mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • Tojikiston — 62 347 nafar;
  • Qozog‘iston — 9 537 nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi — 7 481 nafar;
  • Rossiya — 1 424 nafar;
  • Turkmaniston — 727 nafar;
  • Turkiya — 29 nafar;
  • Afg‘oniston — 23 nafar;
  • Ukraina — 16 nafar;
  • Ozarboyjon — 12 nafar;
  • AQSh — 12 nafar;
  • Boshqa davlatlar — 60 nafar.
Ko‘proq yangiliklar: