Rossiyada kartoshka va sariyog‘ narxi ko‘tarilishda davom etmoqda

Jahon 15:11 / 09.11.2024 3250

8 noyabr, juma kuni e’lon qilingan Federal davlat statistika xizmati (Rosstat) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada bir qator oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin o‘sishda davom etmoqda. Jumladan, 29 oktyabrdan 5 noyabrgacha bodring 8,6 foizga, piyoz 6,3 foizga, kartoshka 6,1 foizga, pomidor 5,1 foizga, lavlagi 4,3 foizga qimmatlashdi. Yil boshidan buyon kartoshka narxi 64,14 foizga oshgan.

Boshqa narsalar qatorida, bu tendensiya hosilning qisqarishi bilan izohlanadi. Bu yil o‘tgan yilga nisbatan 15 foiz kam kartoshka yig‘ib olindi. Bunga noqulay ob-havo sharoiti va ekin maydonlarining qisqarishi sabab bo‘lmoqda, deya tushuntirdi mutaxassislar «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida.

Sariyog‘ narxi chorak baravar qimmatladi

Bundan tashqari, bu yil sariyog‘ narxining keskin oshganini ko‘rsatdi. Yil boshidan buyon u 27,47 foizga qimmatlashgan. Ushbu tendensiya fonida Rossiya ushbu mahsulotni «do‘st» mamlakatlardan import qilish bo‘yicha bojlarni vaqtincha bekor etishi mumkin.

Kuzatuvlarning so‘nggi haftasida sut mahsulotlari narxining o‘sishi meva va sabzavotlarnikidan sezilarli darajada past bo‘lgan, deya hisoblab chiqdi Rosstat. 29 oktyabrdan 5 noyabrgacha sariyog‘ 1,4 foizga, smetana bir foizga, pasterizatsiya qilingan sut 0,9 foizga, sterillangan sut 0,8 foizga qimmatlashdi. Shu bilan birga, pishloqlar 0,7 foizga oshgan, tovuq tuxumi va margarin esa 0,6 foizga qimmatlashgan.

Qimmatlashgan mahsulotlar - ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar qatorida

Rossiyada kartoshka, sariyog‘ va tuxum 24 ta ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2025 yilda Rossiya Federatsiyasida oziq-ovqat narxi 20 foizga oshishi mumkin, deb tan oldi eksportchilar va importchilar uyushmasi vitse-prezidenti Artur Leyer.

Ko‘proq yangiliklar: