Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi

O‘zbekiston 07:31 / 09.11.2024 1720

Yangiyo‘l tumani, “Paxtachi” MFY hududida bo‘lib o‘tgan reyd davomida davlat raqami yechib olingan yuklagich (ekskavator) yordamida yuk tashuvchi avtotransport vositasiga Chirchiq daryosining oqim bo‘ylab o‘ng qirg‘og‘i muhofaza mintaqasi hududidan qum-shag‘al aralashmasi ortib berilayotgani aniqlandi

Inspektorlar tomonidan holatga aniqlik kiritilganida “M.Q.T.” MChJga tegishli avtotransport vositalari yordamida qum-shag‘al aralashmasi qazib olinib, “G.S.” MChJga tegishli bo‘lgan tosh maydalash sexiga olib borib to‘kilayotgani ma’lum bo‘ldi. 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiatga 233 milliard 99 million 588 ming 672 so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Ko‘proq yangiliklar: