Uz Glass ko‘rgazmasi: shisha sanoati korxonalari uchun professional platforma

O‘zbekiston 07:58 / 07.11.2024 1262

27 noyabrdan Toshkentda shisha, deraza va eshik mahsulotlari hamda aloqador sohalar bo‘yicha birinchi xalqaro ko‘rgazma – Uz Glass 2024 o‘z ishini boshlaydi.

27-29 noyabr kunlari Toshkentdagi UzExpo markazida mintaqadagi ilk professional ko‘rgazma o‘tkaziladi. Unda Germaniya, Italiya, AQSh, Xitoy va boshqa davlatlardan kelgan shisha mahsulotlari, eshik va derazalar ishlab chiqaruvchilari hamda xaridorlari ishtirok etadi.

Uz Glass ham yassi va ichi bo‘sh shishalar, ham alyuminiy, deraza va eshik sanoati mahsulotlarini ilgari surishga qaratilgan. Tadbir doirasida Doors Windows & Aluminium Expo Uzbekistan ham o‘tkaziladi, bu esa tajriba almashish va ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Ko‘rgazma tashkilotchilari – UzExpo Center va Y T International Enterprise Inc. Markaziy Osiyoda soha uchun eng yirik platformani yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymoqda.

O‘zbekistondagi shisha bozori barqaror eksport ko‘rsatkichlarini namoyish etmoqda: 2022 yilda o‘rtacha narx bir kvadrat metr uchun taxminan 34 AQSh dollarini tashkil etdi. Biroq import narxlari 18 foizga ko‘tarilib, bir kvadrat metr uchun 32 AQSh dollariga yetdi. Bu ma’lumotlar yetkazib beruvchilar uchun yuqori talab va istiqbollarni ko‘rsatib turibdi, bu esa Uz Glassʼni mintaqada o‘z o‘rnini mustahkamlashni istagan barcha uchun jozibador qilmoqda.

Ko‘rgazma biznes uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Jumladan, tarmoqlashish imkoniyatlari asosiy ishtirokchilarni aniqlash va soha yetakchilari bilan sheriklik munosabatlarini o‘rnatish imkonini beradi. Ko‘rgazma professional auditoriyaga brendlar va mahsulotlarni namoyish etish, tajriba almashish hamda o‘z mahsulotlari haqida ma’lumot berish uchun platforma vazifasini o‘taydi. Bu butun mintaqada o‘zini targ‘ib qilish imkoniyatini yaratadi, chunki O‘zbekiston bozori va butun Markaziy Osiyo yangi takliflar va texnologiyalarga ochiq. Ko‘rgazma ishtirokchilarga o‘z kompaniyalari va mahsulotlarini potensial mijozlar va hamkorlar orasida o‘rnini belgilash imkonini beradi.

Uz Glass faqatgina mutaxassislarga mo‘ljallangan bo‘lib, bu uni yuqori sifatli ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun nufuzli tadbirga aylantiradi. Tadbirga dunyo bo‘ylab ishlab chiqaruvchilar, ta’minotchilar va xaridorlar taklif etilib, ularga zamonaviy yechimlar va tendensiyalarni bevosita muhokama qilish imkoniyati yaratiladi.

Uz Glass 2024 bu – ishlab chiqaruvchilar, ta’minotchilar va xaridorlar uchun uchrashish, eng so‘nggi tendensiyalarni o‘rganish hamda mintaqada shisha sanoatining istiqbolini muhokama qilish imkoniyatidir.

Ko‘rgazma 2024 yil 27-29 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manzil: UzExpo Center, A.Temur shohko‘chasi, 107, Toshkent shahri

Pavilon: №3

Ish vaqti:

27-28 noyabr: soat 10:00 dan 18:00 gacha

29 noyabr: 10:00 dan 16:00 gacha

Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi: https://shorturl.at/4JSyk

Ishtirok etish uchun ariza topshirish: info@uzglass.com

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: