Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararni qoplab berish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston 15:53 / 07.11.2024 3201

Hujjat bilan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam zararli avtobus yo‘nalishlarida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglament quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam zararli avtobus yo‘nalishlaridagi xarajatlarni kompensatsiya qilish;
  • xarajatlarni qoplash uchun arizalarni ko‘rib chiqish;
  • zararli avtobus tashishlari uchun subsidiyalar berish.

Tijorat asosida yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi va litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida 30 foizgacha zarar bilan ishlaydigan avtobus yo‘nalishlari zararli hisoblanadi (Toshkent shahri bundan mustasno).

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, hududiy boshqarmalar tomonidan zararli avtobus yo‘nalishlari reyestri yuritiladi.

2025 yil 1 fevraldan boshlab, subsidiya olish bo‘yicha davlat xizmatini olish uchun tashuvchi YaIDXP orqali zarur hujjatlar bilan murojaat qiladi.

Mas’ul organlar 5 kun ichida qaror qabul qiladi. Ushbu xizmat bepul ko‘rsatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: