Suhbat davomida Qashqadaryo viloyatiga xorijiy investitsiyalarni va kompaniyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida joriy yil 4 noyabr kuni Britaniya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tashrif davomida Britaniya delegatsiyasi O‘zbekistonning vazirlik va idoralarida hamda Toshkent, Qarshi va Termiz shaharlarida V2V formatida bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.