Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabrikladi

Foto: Getty Images
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni Donald Trampga Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti saylovida g‘alaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
«Sizni Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etib, o‘zimning qizg‘in tabriklarimni va eng ezgu tilaklarimni yo‘llashdan behad mamnunman.
Saylovlardagi ishonchli g‘alabangiz Sizdek boy tajribali va mohir siyosatchining AQShni xalqaro maydondagi nufuzi va iqtisodiy qudratini oshirish, global taraqqiyot va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan dastur va rejalaringiz Amerika xalqi tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.
Biz Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgarmas pozitsiyasini, ortga qaytmas tus olgan tub islohotlarimizga ko‘rsatib kelayotgan doimiy ko‘magini alohida qadrlaymiz.
Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, aynan Sizning ilk prezidentlik davringizda, 2018 yil may oyida Oq uyda o‘tkazgan sermahsul muzokaralarimizdan keyin O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davri boshlangan edi.
Sizning shaxsiy e’tiboringiz bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib, o‘zaro ishonch, hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlashga asoslangan siyosiy muloqotlarimiz yanada mustahkamlandi, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, harbiy-texnikaviy va gumanitar aloqalar jadallashdi.
Yuqori darajadagi vakillarimiz va qonun chiqaruvchilar o‘rtasidagi faol tashriflar almashuvlari natijasida hamkorligimiz sifat va mazmun jihatidan yuksak bosqichga ko‘tarildi», deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati e’lon qilgan tabrik matnida.
O‘zbekiston rahbari mamlakat bundan keyin ham AQSh prezidenti ma’muriyati bilan do‘stona aloqalarni izchil davom ettirish, oliy va yuqori darajada erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishdan manfaatdorligini ta’kidlagan.
«Shuningdek, «S5+1» platformasi va «Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSh o‘rtasida savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli Bitimi» doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish tarafdorimiz.
Aminmanki, birgalikdagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, bank-moliya, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, raqamlashtirish, innovatsiya, ta’lim va boshqa sohalardagi sherikligimiz qo‘shma loyihalar bilan samarali boyib boraveradi.
Ishonchim komilki, kelgusida Afg‘onistonda barqaror tinchlikni ta’minlash va uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shish o‘zaro hamkorligimizning ajralmas qismiga aylanadi.
Uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Siz, Janobi Oliylarining O‘zbekistonga rasmiy tashrifingizni kutib qolamiz.
Fursatdan foydalanib, Sizni ushbu tarixiy g‘alabangiz bilan yana bir bor chin qalbdan qutlab, mustahkam salomatlik, baxt-saodat, boshlanayotgan mas’uliyatli faoliyatingizda yangi omadlar, do‘st Amerika xalqiga esa tinchlik-totuvlik va bardavom taraqqiyot tilab qolaman», deyilgan tabrikda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
To‘la benzin baki bilan 2100 km - Geely Galaxy A7 sedani sotuvga chiqdi
Fan-texnika | 16:48
-
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43
-
Rossiya hududlari ishchi kuchi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boshladi
Jahon | 16:30
Mavzuga oid

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

19:55 / 11.07.2025
Sud Trampning tug‘ilish holati bo‘yicha AQSh fuqaroligini berishni cheklashga oid farmonini blokladi

14:49 / 11.07.2025
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi

14:46 / 11.07.2025