Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida oktyabr oyining eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi

Sport 22:51 / 06.11.2024 7168

O‘zbekistonlik futbolchi Fransiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi. O‘tgan haftada Liga1 divizioni rasmiy sayti oyning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomi uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qilgan va Abduqodir Husanov uch nafar nomzod orasidan joy olgandi.

G‘olibni aniqlash uchun Fransiya chempionatining «tvitter»dagi rasmiy sahifasida so‘rovnoma o‘tkazildi va yakunda Abduqodir Husanov eng ko‘p ovoz to‘plab, Fransiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi yosh o‘yinchisiga aylandi. U bu borada «Marsel»ning 21 yoshli hujumchisi Jonatan Rou va «Lion»ning 19 yoshli forvardi Malik Fofanani ortda qoldirgan.

Avvalroq, «Lans»ning o‘zbekistonlik himoyachisi klubida ham oy laureatiga aylangandi.

Ma’lumot uchun, Husanov joriy mavsum klubi safida jami 12 o‘yinda maydonga tushdi. U so‘nggi turda «PSJ»ga qarshi bahsda (0:1) Ashraf Hakimiga nisbatan qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgandi. Shu tariqa, u kelasi turda maydonga tusha olmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: