Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tramp prezident bo‘lsa, Yaqin Sharqdagi vaziyat qiyinlashadi» - Kamoliddin Rabbimov
Bugun AQSh prezidenti va uning o‘rinbosarini aniqlab beruvchi 60-saylov bo‘lib o‘tyapti. Saylov yakunida nomzodlar natijalardan qoniqmasligi mumkin, lekin 2020 yilgi kabi g‘alayonlar takrorlanish ehtimoli ham mavjud, deydi ba’zi tahlilchilar.
Siyosatshunoslar Kamoliddin Rabbimov va Fazliddin Madiyev «Geosiyosat»ning navbatdagi sonida AQSh saylovi atrofidagi muhim nuqtalar xususida fikr yuritdi.

AQShdagi prezidentlik saylovi natijalari borasida fikrlaringiz qanday?
Kamoliddin Rabbimov: Agar men amerikalik bo‘lganimda, albatta, demokratlarga ovoz bergan bo‘lardim. Ya’ni, Kamala Harrisga. Chunki Kamala Harris yoki demokratlarning tashqi dunyodagi siyosati mening qarashlarimga yaqin, ya’ni markazga yaqin so‘l deyishimiz mumkin.
Ular ko‘proq globalistlar, ular g‘arb sivilizatsiyasini faqatgina kuch orqali singdirish tarafdori emas. Masalan, migratsiya, iqlim va musulmonlar masalasida anchagina ochiqroq, deyishimiz mumkin. Bilamizki, eng katta islomofoblardan biri Tramp hokimiyatga kelsa, Yaqin Sharqdagi vaziyat yanada qiyinlashadi.
Lekin keyingi haftalardagi dinamika Donald Tramp foydasiga kechayotganini aytish kerak. Ovoz berishda ikkilanganuvchi shtatlar bor edi va mana shu shtatlarda Trampga yoki respublikachilarga nisbatan og‘ishuvni kuzatyapman. Amerikada sotsiologik so‘rovnomalar ishlamasligini bir nechta saylovlarda ko‘rdik. Masalan, ikki saylov oldin Bill Klintonning xotini Hillari Klinton g‘alabasini hamma sotsiologik so‘rovlar ko‘rsatgandi. Lekin, natijada Tramp g‘alaba qozongan edi.
Nima uchun Donald Trampning vaziyati amerikaliklar nuqtayi nazaridan qulayroq desak, chunki Kamala Harris bu — so‘l siyosatchi, insonlarni teng ko‘rish kerakligini ta’kidlaydi. Demokratlarning asosiy qadriyati tenglik — musulmonlar bilan amerikaliklar, oqlar bilan qoralar teng.
Respublikachilarning asosiy qadriyati esa o‘zlik. Donald Tramp aytyaptiki, «mana, migrantlarga eshik ochildi, sizlarning ish o‘rinlaringizni olib qo‘ydi, oyliklaringiz tushib boraveradi, men hokimiyatga kelsam, migrantlarga eshikni yopaman», deydi.
Yevropada ham xuddi shu tendensiya kuzatilmoqda. Ya’ni «men sizlarni himoya qilaman», deyish va boshqalarga qarshi turishimiz kerak, degan pozitsiya kafolatlangan g‘alaba retsepti hisoblanadi.
2020 yildagi kabi saylov natijalaridan qoniqmay g‘alayonlar bo‘lish ehtimoli mavjudmi?
Fazliddin Madiyev: Shunday bo‘lish ehtimoli bor. Agar men amerikalik bo‘lganimda Trampga ovoz bergan bo‘lar edim, chunki aytib o‘tilganidek, Tramp ichkaridagi vaziyat uchun juda ham mos. O‘ylaymanki, Tramp dastlabki prezidentlik davrida tajriba to‘pladi. Uning hokimiyatga kelmasligi uchun juda katta kampaniya olib borildi, juda katta pullar tikildi.
Trampning jozibadorligi shundaki, u biznes soha odami.
Shuningdek, Tramp Shimoliy Koreya bilan juda yaqin munosabat o‘rnatdi. Keyingi yillarda Shimoliy Koreya prezidenti bilan uchrashdi va bu juda ham hayajon bilan kutib olindi. Tramp dunyoda o‘ziga yoqmaydigan joylarda urushlarni to‘xtatmoqchi va o‘zining xohishlariga qarab davlatlar bilan munosabatlarni o‘rnatmoqchi. AQSh prezidentlari ichida faqatgina Tramp boshqa davlatda urush ochmadi.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Marg‘ilonda Gentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi
O‘zbekiston | 14:18
-
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda
Jahon | 12:59
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
Mavzuga oid

12:59
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda

11:30
🔴 LIVE: Tramp Ukrainadagi urushda burilish qilmoqchimi? | “Geosiyosat” haftaligi

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025