Kursk oblastida shimoliy koreyaliklar o‘qqa tutildi

Jahon 13:18 / 05.11.2024 10688

Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga qarshi urushga jalb etishi mumkin bo‘lgan Shimoliy Koreyadan kelgan askarlar Ukraina Qurolli kuchlarining nishoniga aylangan. «KXDRning dastlabki harbiylari allaqachon Kursk oblastida o‘qqa tutilgan», — dedi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK) qoshidagi Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi (DQM) rahbari Andrey Kovalenko 4 noyabr, dushanba kuni. U voqea tafsilotlarini ma’lum qilmagan.

UQK Bosh shtabi: bir sutkada deyarli 170 ta to‘qnashuv

Ayni paytda, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Rossiya Qurolli kuchlari bilan 169 ta harbiy to‘qnashuv sodir bo‘lgan. «Kecha dushman Ukraina bo‘linmalari va aholi punktlari pozitsiyalariga beshta raketadan foydalangan holda uchta raketa hujumi uyushtirdi, shuningdek, 90 ta aviatsion zarba berdi, shu jumladan, 142 ta boshqariladigan bombalar uloqtirdi. Bundan tashqari, u 4400 dan ortiq marta o‘t ochdi, shundan 98 tasi yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlaridan va mo‘ljalga olish uchun 1564 ta kamikadze-drondan foydalandi», deyiladi Facebookʼda e’lon qilingan bayonotda.

Xususan, Xarkiv yo‘nalishida rossiyaliklar Volchansk rayonida to‘rt marta hujum operatsiyalarini o‘tkazgan, Kupyansk yo‘nalishida esa 16 ta to‘qnashuv qayd etilgan, deya ta’kidladi Ukraina Bosh shtabi. Pokrovsk yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning 27 ta hujumini qaytardi.

Ko‘proq yangiliklar: